Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INTERNETOMANIYA: AXBOROT ASRINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOSI

Internet, internetomaniya, axborot texnologiyalari, ijtimoiy muammo, psixologik ta’sir, mediamadaniyat, yoshlar tarbiyasi.

Mualliflar

  • Shomurod MUSTAFAYEV, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti prorektori, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Uzbekistan

Ushbu maqolada “internetomaniya” tushunchasi va uning jamiyat hayotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Internetning foydali tomonlari bilan bir qatorda, noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy va psixologik muammolar yoritiladi. Xususan, yoshlarning virtual olamga haddan tashqari berilib ketishi, o‘rta hamda katta yoshdagi insonlarda ham qaramlikning ortib borayotgani misollar bilan ko‘rsatiladi. Muammoni bartaraf etish yo‘llari sifatida huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish, mediamadaniyatni rivojlantirish, ota-ona mas’uliyatini oshirish va ta’lim tizimida yangi yondashuvlarni joriy etish taklif etiladi.