YANGI DAVRNING ESKI OGʻRIGʻI
##submission.downloads##
Maqolada Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani tahlili asosida totalitar tuzumning inson hayotiga taʼsiri, yolgʻon mafkuraga asoslangan siyosatning shaxs erkinligi va millat shaʼniga yetkazgan zug‘umlari fojiaviy ruhda yoritiladi. Asarda Rustam obrazi orqali shaxsning ichki kurashlari, psixologik holatlari, axloqiy tanlovlari, absurd voqelikdagi iztiroblari tadqiq etiladi. Afgʻon urushi misolida Sovet Ittifoqining mustamlakachilik siyosati tanqid qilinib, bosqinchilikning milliy va insoniy fojiaga aylangani ko‘rsatilgan. Shuningdek, Mauzer va Komissar kabi obrazlar orqali mustabid tuzumning ichki mohiyati ochib berilib, inson huquqlarini poymol qilishning ko‘lamlari yoritilgan. Maqola asarning ijtimoiy, siyosiy va falsafiy mazmunini chuqur tahlil qilgan holda uning zamonaviy ahamiyatini ko‘rsatadi.
1. Oʻtkir Hoshimov. Tushda kechgan umrlar (Roman). – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2002. – B. 240.
2. Султон И. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – Б. 106.
3. Romanning yangi umri (professor U.Normatov bilan suhbat) Dilmurod Quronov.
4. https://tarix.sinaps.uz/lugat/paxta-ishi-o%CA%BBzbek-ishi/
5. https://library.ziyonet.uz/ru/book/975
6. Yo‘ldoshev A. Adabiyot va hayot falsafasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2010. – 256 b.
7. Romanning yangi umri (professor U.Normatov bilan suhbat) Dilmurod Quronov.
8. Альбер Камю. Бегона, Вабо. – Тошкент: Янги Аср Авлоди, 2020. – Б. 464.
Mulkiiyat (c) 2025 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..


.jpg)

.png)






