Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“TUYA” ZOONIMIGA ALOQADOR BIRLIKLAR VA ULARNING TAHLILI

Tuya zoonimi, tuya turlari, yosh va jins jihatdan tuya turlari, maqollar, iboralar, milliy-madaniy semalar, tahlil.

Mualliflar

Harakat vositasi, ulov sifatida qadimdan tuyadan unumli foydalanilgan. O‘zbekiston hududlarida, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida tuyachilikka hozir ham e’tibor beriladi. Xalqimiz turmush tarzi hamda madaniyatida tuyaning ahamiyati katta bo‘lgan va bu tilda ham o‘z aksini topgan. Maqolada “tuya” zoonimining semantik strukturasi tahlil qilingan. Tuya turlari haqida ma’lumot berilgan. “Tuya” zoonimining maqol va iboralar tarkibida qo‘llanishi va ularning lingvokulturologik jihatlari talqin qilingan.