Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TEMURIYLAR DAVRI ANTROPONIMIYASINING SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Temuriylar davri, antroponimiya, sotsiolingvistika, ism, laqab, taxallus, hududiy nisbat, ijtimoiy mavqe, diniy e’tiqod, madaniy identifikatsiya.

Mualliflar

Ushbu maqolada Temuriylar davri antroponimiyasi sotsiolingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Davrga oid shaxs ismlari, laqablar, taxalluslar va hududiy nisbatlarning ijtimoiy, madaniy hamda diniy kontekstdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Antroponimlar orqali shaxsning ijtimoiy mavqei, nasl-nasabga mansubligi, diniy e’tiqodi va hududiy identifikatsiyasi aniqlanishi misollar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, Temuriylar davrining badiiy va tarixiy manbalarida uchraydigan antroponimlar pragmatik va sotsiopragmatik funksiyalarni namoyon etishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada fors, arab va turkiy madaniyatlar integratsiyasining ismlarga ta’siri, diniy qarashlarning nom tanlashdagi ahamiyati hamda tarixiy voqealarning nomlash jarayoniga ta’siri yoritilgan.