Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BADIIY MATNDA RANGTASVIR VOSITALARINING STILISTIK FUNKSIYALARI: KOGNITIV VA MADANIY YONDASHUV ASOSIDA TAHLIL

Rangtasvir, stilistik funksiya, badiiy matn, kognitiv stilistika, madaniy konnotatsiya, metafora, semantika, relevans nazariyasi, poetik til.

Mualliflar

Mazkur maqolada badiiy matnlarda rang tasvir vositalarining stilistik funksiyalari kognitiv va madaniy yondashuvlar asosida tahlil etiladi. Rang ifodalari faqat estetik bezak emas, balki poetik tilning asosiy semantik va emotsional qatlamini shakllantiruvchi muhim komponent sifatida ko‘riladi. Tadqiqotda rang birliklarining ideatsional, interpersonallik va tekstual metafunksiyalari yoritilib, ularning milliy-madaniy kontekstga bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan. O‘zbek va g‘arb adabiyoti namunalariga tayanilgan tahlillar orqali rang birliklarining matndagi ko‘p funksiyali tabiati ochib beriladi.