Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MUSTAQILLIK DAVRIDA BUXORO AMIRLIGI VA ROSSIYA IMPERIYASI O‘RTASIDAGI ELCHILIK MUNOSABATLARINI O‘RGANILISHINING ASOSIY YO‘NALISHLARI

Buxoro amirligi, Rossia imperiyasi, Markaziy Osiyo, diplomatik munosabatlar, elchi, tarixshunoslik, manbalar

Mualliflar

Mazkur maqolada Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi elchilik aloqalari va diplomatik munosabatlarning mustaqillik yillarida o‘rganilishi tahlil etilgan. Ushbu masalani tadqiq etishdagi asosiy yo‘nalishlar va sovet davrida o‘rnatilgan ustuvor qarashlarning o‘zgarib borayotganligi ochib berilgan. Unda qiyosiy tahlil, tizimli tahlil va aniq mantiqiy tahlil kabi tarixshunoslikning tahlil usullaridan foydalanilgan. Bundan tashqari, Buxoro-Rossiya munosabatlari tarixining nisabtan kam o‘rganilgan va to‘liq ochilmagan jihatlari xususida so‘z yuritilgan.