Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SIYOSIY DISKURSDA METAFORALAR QO‘LLANILISHINING BOSQICHLARI, YO‘NALISHLARI

Diskurs, siyosiy diskurs, konseptual metafora, oriyentatsion metafora, oppozitsion, kognitiv metafora, freym.

Mualliflar

Maqolada zamonaviy tilshunoslikdagi muhim yo‘nalishlardan biri – diskurs va siyosiy metaforaning kognitiv-pragmatik jihatlari tahlil qilingan. Muallif J.Lakoff va M.Johnsonning konseptual metafora nazariyasiga tayangan holda, metaforaning inson tafakkuri va ijtimoiy ongdagi o‘rnini yoritadi. E.Lassan tomonidan ilgari surilgan oppozitiv diskurs modeli asosida matnning tuzilishi, uning kognitiv va ritorik mexanizmlari o‘rganiladi. Shuningdek, A.N.Baranov, N.D.Arutyunova, Yu.N.Karaulov kabi rus olimlarining siyosiy diskursdagi metaforalarga oid tadqiqotlari tahlil qilinadi. Maqolada metaforalar siyosiy fikrni shakllantirish, manipulyativ ta’sir ko‘rsatish va mafkuraviy ongni modellashtirish vositasi sifatida talqin etiladi