Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SHARQ FALSAFASI VA SUN’IY INTELLEKT: AL-FAROBIY, IBN SINO, NAVOIY ASARLARIDA AQL KONSEPSIYASI BILAN QIYOSIY TAHLIL

Sharq falsafasi, aql, sun’iy intellekt, Al -Farobiy, Ibn Sino, Navoiy, falsafiy tahlil, gnoseologiya, ma’naviyat, axloqiy qadriyatlar.

Mualliflar

Ushbu maqolada Sharq falsafasi namoyandalari – al-Farobiy, ibn Sino va Alisher Navoiy asarlarida aql konsepsiyasining mohiyati tahlil qilinadi va u sun’iy intellekt tushunchasi bilan qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqotda Sharq tafakkurida aqlning ilohiy va ma’naviy jihatlari bilan zamonaviy texnologiyalardagi intellektual modellar o‘rtasidagi farqlar yoritiladi. Sun’iy intellektning falsafiy asoslari, inson aqli bilan o‘xshash va farqli jihatlari, shuningdek, axloqiy va gnoseologik muammolar tahlil qilinadi. Maqola Sharq falsafasi merosini zamonaviy ilmiy kontekstda qayta talqin qilishga qaratilgan.