Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH VA RIVOJLANTIRISH BORASIDA PARTIYALARARO MULOQOT DIOLOGINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

Markaziy Osiyo, siyosiy partiya, mafkura, milliy o‘zlik, madaniy qadriyatlar, siyosiy madaniyat, fuqarolik jamiyati, siyosiy ong, elektorat, demokratiya.

Mualliflar

Bugungi globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni saqlash, ko‘p asrdan buyon ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan an’ana va qadriyatlarni boqiyligini ta’minlash toboro dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Siyosiy partiyalarning mafkuralari shakllanishi omillaridan biri sifatida madaniy qadriyatlar qaralar ekan, bevosita ushbu muammo ular faoliyatida ham dolzarblik kasb etadi.
Markaziy Osiyoda xalqlarning shakllanishi va rivojlanishi bir – biri bilan shu qadar bog‘likki, ayrim hollarda milliy o‘zlik masalasida, aksariyat hollarda madaniy, ma’rifiy, mafkuraviy tegishlilik nuqtai nazaridan aniqlashtirilishi zarur bo‘lgan holatlar mavjud.