Ijtimoiy-gumanitar fanlar

GLOBALLASHUV SHAROITIDA EKOLOGIK MADANIYATNING DINIY QADRIYATLARDA IFODALANISHNING DIALEKTIK XUSUSIYATLARI

Ekologik madaniyat, diniy qadriyatlar, dialektika, ekologik tafakkur, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, tabiat, inson, islom falsafasi.

Mualliflar

Mazkur maqolada ekologik madaniyat va diniy qadriyatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning dialektik mohiyati tahlil etiladi. Diniy ta’limotlarda inson va tabiat munosabatining ma’naviy-axloqiy asoslari, tabiatni muqaddas ne’mat sifatida anglash g‘oyalari ekologik madaniyatning shakllanishiga zamin yaratgan. Tadqiqotda turli dinlarda, xususan, islomda tabiatga nisbatan mas’uliyat, saxovat va mo‘tadillik tamoyillari ekologik tafakkurning asosiy unsurlari sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, ekologik madaniyatning diniy qadriyatlarda ifodalanishidagi dialektik birlik-ya’ni inson, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik -falsafiy jihatdan yoritiladi.