Ijtimoiy-gumanitar fanlar

NODIR NORMATOV HIKOYA VA QISSALARIDA PSIXOLOGIZM MASALASI

Psixologizm, ichki monolog, introspeksiya, ruhiy kechinma, badiiy tafakkur, obraz tahlili.

Mualliflar

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri Nodir Normatov ijodida psixologizmning badiiy-estetik ahamiyati, uning shakllanishi va tasvir vositalari tahlil etiladi. Muallif hikoya va qissalarida inson qalbining eng nozik kechinmalari, ijtimoiy-madaniy omillar bilan bog‘liq ruhiy holatlarni badiiy tafakkur orqali chuqur yoritadi. Tadqiqot davomida yozuvchining psixologik tahlilga bo‘lgan yondashuvi, obrazlar ruhiyatini ochishdagi uslubi va ularning zamonaviy adabiyotdagi ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi.