Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MIYON BUZRUKNING O‘ZBEK ADABIYOTIDA TASAVVUF MASALASIGA DOIR QARASHLARI

Tsavvuf, so‘fiylik, o‘zbek mumtoz adabiyoti, zohidlik, tariqat.

Mualliflar

  • Burxon ABDULXAYROV, Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, Uzbekistan

Miyon Buzruk Solihov o‘tgan asrning 20-30-yillarida o‘zbek mumtoz adabiyotini tadqiq qilish bilan jiddiy shug‘ullangan adabiyotshunos. Uning 1930-yilda nashr etilgan “O‘rta Osiyo va o‘zbek adabiyoti tarixiga umumiy nuqtai nazar” nomli risolasi bu borada diqqatga sazovor asardir. Ushbu asarni o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini o‘z ichiga olgan birinchi qo‘llanma deb ta'riflash mumkin. Chunki unda o‘zbek yozma adabiyotining XII asrdan XX asrgacha (zamonaviy adabiyot boshlanishidan oldin) davri muhim ilmiy dalillar va noyob qarashlar asosida tahlil qilinadi. Biroq, bu asar o‘z vaqtida tugallanmagan, ya'ni qoralama holatda nashr etilgan va bizgacha yetib kelgan. Shu sabablarga ko‘ra, ushbu maqolada ushbu asardagi so‘fiylik haqidagi fikrlar va qarashlar o‘zlashtirilib, qayta tashkil etilgan va bu borada boshlang‘ich fikrlar ishlab chiqilgan. Bizning fikrimizcha, bugungi kunda o‘zbek adabiyoti va fani uchun so‘fiylik sohasidagi olimning ushbu qarashlarini ilmiy muomalaga qayta kiritish muhim ahamiyatga ega.