Ijtimoiy-gumanitar fanlar

VIJDON ERKINLIGI TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA AHAMIYATI.

Vijdon erkinligi, e’tiqod, ma’naviy qadriyatlar, inson huquqlari, diniy bag‘rikenglik, fuqarolik jamiyati, Yangi O‘zbekiston, ma’naviy barqarorlik, axloqiy tanlov, demokratik tamoyillar.

Mualliflar

  • Dilfuza EGAMOVA Andijon davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Uzbekistan

Ushbu maqolada vijdon erkinligi tushunchasining falsafiy, huquqiy va ma’naviy mazmuni tahlil qilinadi. Insonning ichki dunyosi,
e’tiqodi va axloqiy tanlovi bilan bog‘liq bo‘lgan vijdon erkinligi shaxsning erkin fikrlashi va e’tiqod asosida yashash huquqini
ifodalaydi. Maqolada vijdon erkinligining demokratik jamiyat qurilishidagi o‘rni, diniy bag‘rikenglik va ma’naviy qadriyatlar
tizimidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” davrida bu tushunchaning amaliy ifodasi, qonunchilik asoslari
va ijtimoiy hayotdagi ta’siri tahliliy yondashuv orqali asoslab beriladi. Tadqiqot natijalarida vijdon erkinligini mustahkamlash
ma’naviy barqarorlik, fuqarolik ongini yuksaltirish va ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlovchi muhim omil sifatida talqin etiladi.