Ijtimoiy-gumanitar fanlar

JURNALISTIKANING MILLATLARARO TOTUVLIK PRINSIPI: O‘RNI VA AHAMIYATI

Jurnalistika, millatlararo totuvlik, xalqlar do‘stligi, milliy madaniy markazlar, millat, prinsiplar, matbuot, so‘z erkinligi, maqola, gazeta, jurnal

Mualliflar

  • Yusuf HAMDAMOV O‘zbekiston Milliy universiteti professori v.b., filologiya fanlari doktori, Uzbekistan

Maqola jurnalistikaning muhim prinsiplaridan biri hisoblangan millatlararo totuvlikka bag‘ishlangan. Muallif tomonidan maqolaning boshida millatlararo totuvlik prinsipiga ta’rif berilgan va uning boshqa prinsiplardan farqli jihatlarii, shuningdek, o‘zaro bog‘liqlik tomonlari haqida atroflicha aytib o‘tilgan. Yana bir muhim jihat–maqolada O‘zbekistonda millatlararo totuvlik prinsipining amaldagi isboti, ya’ni yurtimizda millat va elatlarning tinch-totuv, do‘st-birodar bo‘lib yashashlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgani haqida ham asoslab yozilgan. Shuningdek, maqolada mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millatlar o‘rtasida matbuot, so‘z erkinligining ham amaldaligi, ya’ni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘z ko‘rsatuvlarini 12 tilda namoyish etayotgani, qardosh xalqlarning 7 tilida radioeshittirishlar berilayotgani, o‘ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilayotgani haqidagi ma’lumotlar ham o‘z aksini topgan.