Aniq fanlar

OB-HAVO HOSILALARINING OQILONA NARXINI MODELLASHTIRISH

ob-havo xosilalari, volatillik, o’rtacha chetlanish, oqilona narx, o’rtacha kunlik harorat, opsion, call va put opsionlar.

Mualliflar

  • M Raxmatov Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti, Uzbekistan

Ushbu maqolada ko’p yillik ob-havo harorati ko’rsatkichlari yordamida hosilalarning
(xosilaviy qimmatbaho qog’ozlar) oqilona narxini baholash uchun matematik
modellar o’rganilgan. Hosilalar narxini baholashda Toshkent shahridagi I.Karimov
nomidagi xalqaro aeroport ob-havo stansiyasining so’ngi 30 yillik harorat
ko’rsatkichlari olingan. Shuningdek, maqolada hosilalarning oqilona narxini bir
necha matematik modellar yordamida olingan natijalar sonli va grafiklarda tahlil
qilingan. Bu natijalarni olish va ularni tahlil qilishda MINITAB paketi va Borland
Delphi dasturlash tillaridan foydalanildi.