XALQARO PENSIYA TIZIMI MODELLARI VA ULARNING MINTAQAVIY TAMOYILLARI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.65451/iqtisodiyotuzb.v4i6.13278Annotasiya
Mazkur tadqiqotda pensiya tizimining xalqaro modellari va ularning mintaqaviy xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida pensiya tizimlari demografik oʻzgarishlar, iqtisodiy globalizatsiya va mehnat bozoridagi transformatsiyalar taʼsirida sezilarli darajada yangilanib bormoqda. Aholining qarish surʼatlarining ortishi hamda tugʻilish darajasining pasayishi koʻplab davlatlarda mavjud pensiya tizimlarining moliyaviy barqarorligiga tahdid solmoqda. Shu sababli, turli mintaqalarda pensiya taʼminotini tashkil etishning samarali modellari shakllanib, ular oʻziga xos iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional omillar asosida rivojlanmoqda. Shuningdek, tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi pensiya tizimi va uni takomillashtirish zarurati ham tahlil qilinadi. Mamlakatda asosan taqsimlovchi model amal qilayotgan boʻlib, uni diversifikatsiya qilish va zamonaviy xalqaro tajriba asosida takomillashtirish dolzarb masala hisoblanadi. Xususan, jamgʻarma elementlarini rivojlantirish, tizimning shaffofligini oshirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali pensiya tizimining samaradorligini oshirish mumkin. Pensiya tizimlarining xalqaro modellari yagona universal shaklga ega emas, balki ular mintaqaviy xususiyatlar asosida shakllanadi. Shu bois, har bir davlat oʻzining demografik va iqtisodiy sharoitidan kelib chiqib, moslashuvchan va barqaror pensiya tizimini shakllantirishi zaruriyligi tadqiq qilingan.
Manbalar
1. Architecture of national pension systems: Pensions at a Glance 2025 | OECD
2. Barr N., Pension Economics, 2021
3. Holzmann R., “Global Pension Systems”, 2022
4. IDB | In search of financially sustainable pension systems: three benchmark models.2025.
5. Ishay Wolf and Jose Maria Caridad y Ocerin, 17.08.2020 “The transition to a multi-pillarpension system: the inherentsocio-economic anomaly”. The current issue and full text archive of this journal is available on Emerald Insight at:https://www.emerald.com/insight/1757-6385.htm
6. Laure Doctrinal, “Changes in Private Pensions and Income Inequality in Retirement: A Decomposition Analysis by Income Source in Nine European Countries (1986–2018)” Work, Aging and Retirement, Volume 10, Issue 4, October 2024, Pages 361–372, https://doi.org/10.1093/workar/waad017.
7. Modeling pension reform: The World Bankʼs pension reform options simulation toolkit — Pension Policy International. 2025.
8. OECD (2024), Pension Markets in Focus 2024, OECD Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/b11473d3-en.
9. OECD Pensions Outlook, 2024
10. Pensions and insurance | OECD. 2025.
11. Queisser, Monika and Vittas, Dimitri, The Swiss Multi-Pillar Pension System: Triumph of Common Sense? (August 2000). Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract=632487
12. Vaxabov A.V. Milliy pensiya tizimini moliyaviy barqarorligini taʼminlash mexanizmi va amalga oshirish dastaklari. “Oʻzbekiston Respublikasida pensiya taʼminoti tizimining dolzarb muammolari” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman: Tezislar toʻplami.– T.: «Iqtisod-Moliya», 2017. 10-bet.
13. World Bank Pension Systems Review, 2023



