DAVLAT QARZ SIYOSATINI SAMARALI BOSHQARISH STRATEGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Mualliflar

  • Tilabov Nasrulla Tashmuratovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. ORCID 0000-0002-4412-4019

Kalit so'zlar

https://doi.org/10.65451/iqtisodiyotuzb.v4i6.13288

Annotasiya

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda davlat qarz siyosatini samarali boshqarish strategiyasini takomillashtirishning nazariy-amaliy yoʻnalishlari rasmiy qonunlar, farmonlar, qarorlar, Byudjetnoma 2026–2028, Fiskal strategiya 2026–2028, 2026–2028-yillarga moʻljallangan davlat qarzini boshqarish strategiyasi, Markaziy bank statistik byulleteni hamda 2025-yil yakuni boʻyicha qarz portfeli maʼlumotlari asosida tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida amaldagi tizimning kuchli jihatlari sifatida fiskal limitlar, qarzning qonuniy chegaralari va oʻrta muddatli rejalashtirish mexanizmlari ajratib koʻrsatildi. Shu bilan birga, tashqi qarzning yuqori ulushi, xorijiy valyutadagi majburiyatlar konsentratsiyasi, DXSH hamda davlat korxonalari bilan bogʻliq kengaytirilgan fiskal tavakkalchiliklar, loyiha samaradorligini yakuniy baholashning sustligi va qarz boʻyicha real vaqt monitoringining yetarli emasligi strategiyani yangilash zaruratini kuchaytirishi asoslandi. Muallif tomonidan annual borrowing plan, triggerli risk-limitlar, benchmark obligatsiyalar, raqamli debt dashboard va ex-post baholash mexanizmlarini birlashtirgan integrallashgan strategik model taklif etildi.

Manbalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi. “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi Qonun, OʻRQ-836-son, 29.04.2023. https://lex.uz/docs/-6446817

2. Oʻzbekiston Respublikasi. “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun, OʻRQ-1105-son, 25.12.2025. https://lex.uz/docs/-7949060

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2026 yildagi «Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-21-sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/-8050769

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.04.2025 yildagi «2025 — 2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 210-son qarori. https://lex.uz/docs/-7469803

5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Byudjetnoma 2026–2028.https://api.mf.uz/media/filestore/2026-2028-yillar_uchun_ Byudjetnoma. pdf

6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Fiskal strategiya 2026–2028. ttps://www.imv.uz/oz/static/fiskal-strategiya

7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Davlat qarzini boshqarishning 2026–2028-yillarga moʻljallangan strategiyasi. https://www.imv.uz/static/orta-muddatli-davr-uchun-davlat-qarzini-boshqarish-strategiyasi

8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Statistik byulleten – 2025-yil. https://cbu.uz/upload/medialibrary/b2f/MB-Statistik-byulleteni-_-2025-yil.pdf

9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. “Umumiy davlat qarzi 2025” elektron jadvali (xlsx). Muallif hisob-kitoblari uchun foydalanildi.

Nashr qilingan

29-06-2026

Qanday ko'rsatish

Nasrulla Tashmuratovich , T. (2026). DAVLAT QARZ SIYOSATINI SAMARALI BOSHQARISH STRATEGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH. «YANGI O’ZBEKISTON IQTISODIYOTI», 4(6). https://doi.org/10.65451/iqtisodiyotuzb.v4i6.13288