O‘ZBEKISTONDA KLASTERLARNI RIVOJLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI TRANSFORMATSIYASI: DIREKTIV MODELDAN BOZOR TAMOYILLARIGA

Authors

  • Ustadjalilov Dostonbek Rustamovich Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti “Insight union” MChJ bosh rahbari

Abstract

Mazkur maqolada 2017–2024 yillarda O‘zbekistonda klasterlarni rivojlantirishning institutsional transformatsiyasi tahlil qilinib, klasterlarni shakllantirish va rivojlantirishda direktiv, davlat tomonidan tashabbuskor bo‘lgan yondashuvdan bozor tamoyillariga asoslangan modelga o‘tish masalalari yoritiladi. Tadqiqot klasterlar nazariyasining asosiy yo‘nalishlariga (agglomeratsiya nazariyasi, Porter klaster paradigmasi, Yangi iqtisodiy geografiya, evolyutsion va tarmoq yondashuvlari) tayangan holda klasterni mezoiqtisodiy tizim sifatida talqin qiladi: bunda ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, davlat institutlari, fasilitatorlar hamda KO‘B subyektlari yagona qiymat zanjiri doirasida o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Metodologik jihatdan maqolada tizimli va me’yoriy-huquqiy tahlil qo‘llanadi hamda SWOT yondashuvi orqali klaster siyosatining kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlari aniqlanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, davlat ko‘magining keng instrumentlari klasterlashuvni tezlashtirgan bo‘lsa-da, tarmoqlar kesimida qoidalar notekisligi, mustaqil fasilitatsiya yetishmasligi, samaradorlik monitoringining zaifligi hamda “1 klaster – 1 korxona” modeli mustahkamlanishi raqobat, kirib kelish (entry) va texnologik yangilanishni cheklashi mumkin. Mualliflar yagona “Klaster” va “Klaster siyosati” doirasini qabul qilish hamda natijaga yo‘naltirilgan,   “rule-based” boshqaruvga o‘tish institutsional izchillikni kuchaytirishi, ad hoc yondashuvlarni kamaytirishi va klasterlarning raqobatbardoshligini oshirishini asoslaydi.

References

1. Гамидуллаева Л. А., Страхов Е. П. Эволюция концепции кластерного развития: от агломерационной теории к экосистемам // МИР (Модернизация. Инновации. Развитие). 2023. Т. 14. № 1. - С. 106–125.

2. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

3. Decree of the President of the Republic of Uzbekistan “On the Strategy "Uzbekistan — 2030". [Режим доступа]: https://lex.uz/ru/docs/6600404

4. Портал обсуждения проектов нормативно-правовых актов. [Режим доступа] https://regulation.gov.uz/ru/d/79193

Published

18-01-2026

How to Cite

Dostonbek Rustamovich , U. (2026). O‘ZBEKISTONDA KLASTERLARNI RIVOJLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI TRANSFORMATSIYASI: DIREKTIV MODELDAN BOZOR TAMOYILLARIGA. «THE ECONOMY OF THE NEW UZBEKISTAN», 12(14). Retrieved from http://journals.nuu.uz/index.php/economyuzb/article/view/10607