ZARAFSHON MINTAQASIDA AGRAR SALOHIYAT VA QAYTA ISHLASH INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHNING OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.65451/iqtisodiyotuzb.v11i13.14153Annotasiya
Mazkur maqolada Zarafshon mintaqasi tumanlarida (G‘ijduvon, Romitan, Karmana, Qiziltepa, Nurobod va Urgut) agrar tarmoqning rivojlanish dinamikasi, qayta ishlash infratuzilmasi imkoniyatlari hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda ularning strategik ahamiyati ilmiy tahlil qilingan. 2000-2024 yillar statistik ma'lumotlari asosida qishloq xo‘jaligi hosildorligi va qayta ishlash quvvatlarining o‘sish trendlari baholanib, resurs tejamkor texnologiyalar, intellektual fermerlik, klaster yondashuvi va logistik zanjirlar integratsiyasining hududiy mutanosiblikni ta'minlashdagi roli asoslab berilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Urgut, G‘ijduvon va Nurobod tumanlari qayta ishlash va agrar mahsulotlar hajmini oshirish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallamoqda; Karmana va Qiziltepa esa yangi agrotexnologik investitsiyalar hisobiga tez rivojlanish salohiyatiga ega. Ilmiy xulosalar oziq-ovqat xavfsizligi, hududiy iqtisodiy mutanosiblik va agrosanoat zanjirini modernizatsiya qilish uchun amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan.
Manbalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”gi PF-60-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. “Agrar sohada resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish kontseptsiyasi”, 2023.
3. FAO. “Food Security and Sustainable Agriculture in Central Asia”. Rome, 2022.
4. World Bank. “Uzbekistan – Systematic Country Diagnostic”, 2023.
5. UNDP Uzbekistan. “Climate-Resilient Agriculture Report”, 2021.
6. Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari statistika boshqarmalari ma'lumotlari (2000-2024 y.).
7. Krippendorff K. “Agricultural Systems and Regional Integration”. Berlin, 2020.



