“INVESTITSIYALAR TAQSIMOTI VA SAMARADORLIK PARADOKSI: OʻZBEKISTON TARMOQLARI MISOLIDA STOXASTIK CHEGARA (SFA) VA KVADRANT TAHLILI”
Annotasiya
Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston iqtisodiyotida investitsiyalar taqsimoti va yalpi qoʻshilgan qiymat yaratish samaradorligi oʻrtasidagi bogʻliqlikni tarmoqlar kesimida baholaydi. Tadqiqotning asosiy savoli – eng katta investitsiya ulushini jalb qilayotgan tarmoqlar haqiqatan ham eng samarali tarmoqlarmi – degan masalaga qaratilgan. 2010–2024 yillar davomida 19 ta yirik iqtisodiy tarmoq boʻyicha panel maʼlumotlardan foydalanilib, Cobb–Douglas tipidagi stoxastik chegara modeli (SFA)
orqali texnik samaradorlik darajalari baholandi. Natijalar investitsiyalar va bandlik yalpi qoʻshilgan qiymat oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini, biroq tarmoqlar oʻrtasida samaradorlik boʻyicha sezilarli tafovutlar mavjudligini koʻrsatdi. Kvadrant tahlili ayrim yuqori investitsiya oluvchi tarmoqlarda texnik samaradorlik pastligini, aksincha ayrim xizmat koʻrsatish tarmoqlari nisbatan kam investitsiya bilan yuqori samaradorlikka erishayotganini aniqladi. Tadqiqot Oʻzbekiston sanoat siyosati uchun
investitsiyalar hajmiga emas, balki ularning qiymat yaratish samaradorligiga koʻproq eʼtibor qaratish zarurligini asoslaydi.
Manbalar
1. Aigner, D., Lovell, C. A. K., & Schmidt, P. (1977). Formulation and estimation of stochastic frontier production function models. Journal of Econometrics, 6(1), 21-37.
2. Battese, G. E., & Coelli, T. J. (1995). A model for technical inefficiency effects in a stochastic frontier production function for panel data. Empirical Economics, 20(2), 325-332.
3. Farrell, M. J. (1957). The measurement of productive efficiency. Journal of the Royal Statistical Society: Series A (General), 120(3), 253-281.
4. Leibenstein, H. (1966). Allocative efficiency vs. "X-efficiency". American Economic Review, 56(3), 392-415.
5. Meeusen, W., & van den Broeck, J. (1977). Efficiency estimation from Cobb-Douglas production functions with composed error. International Economic Review, 435-444.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy maʼlumotlari (2010-2024).



