OʻZBEKISTON BANK TIZIMI LIKVIDLILIGIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLARINING EMPIRIK TAHLILI
Annotasiya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston bank tizimi likvidliligiga taʼsir etuvchi makroiqtisodiy va bank tizimiga xos ichki omillar nazariy hamda empirik jihatdan tadqiq etilgan. Bank tizimi likvidliligining toʻlovlar uzluksizligi, depozit majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarish, kreditlash jarayoni barqarorligi va moliyaviy tizim mustahkamligini taʼminlashdagi ahamiyati asoslangan. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-2025 yillarga oid rasmiy statistik maʼlumotlari asosida
likvidlilikni qoplash meʼyori koeffitsiyenti, sof barqaror moliyalashtirish meʼyori, yuqori likvidli aktivlar ulushi, kredit-depozit nisbati, depozitlar tarkibi, muammoli kreditlar va kapital yetarliligi koʻrsatkichlarining dinamikasi tahlil qilingan. Kreditlar va depozitlar oʻrtasidagi mutanosiblik bank tizimi likvidliligini belgilovchi asosiy omillardan biri ekani aniqlangan.
Manbalar
1. Berger, A.N. and Bouwman, C.H.S. (2009). Bank Liquidity Creation. The Review of Financial Studies, 22(9), pp. 3779–3837. doi: 10.1093/rfs/hhn104.
2. Basel Committee on Banking Supervision. (2013). Basel III: The Liquidity Coverage Ratio and Liquidity Risk Monitoring Tools. Basel: Bank for International Settlements.
3. Basel Committee on Banking Supervision. (2014). Basel III: The Net Stable Funding Ratio. Basel: Bank for International Settlements.
4. DeYoung, R. and Jang, K.Y. (2016). Do Banks Actively Manage Their Liquidity? Journal of Banking & Finance, 66, pp. 143–161. doi: 10.1016/j.jbankfin.2015.11.013.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2026). Statistik byulleten: 2025 yil. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2026). Moliyaviy barqarorlik sharhi: 2025 yil. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki.
7. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom. (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 18 iyulda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 2709) https://lex.uz/uz/docs/8339142.



