O‘ZBEK MILLIY MAQOM SAN’ATIDA KO‘P OVOZLIK MASALALARI
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek milliy maqom ijrochilgidagi ko‘p ovozlik an‘analari keng yoritilgan. Ushbu maqom san‘ati janri o‘zining betakrorligi va noyobligi bilan xalqimizning madaniy-musiqiy merosida alohida o‘rin egallaydi. Maqolada maqomning tarixiy ildizlari, rivojlanish bosqichlari va ularning zamonaviy ijrochilikdagi o‘rni chuqur tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqom san‘atining nafaqat an‘anaviy ijrochilikda, balki zamonaviy musiqiy sahnada ham ahamiyati muhokama qilingan. Maqomning ko‘p ovozlik ijrochilik uslublari milliy musiqa merosining boy jihatlaridan biri ekanligi alohida ta‘kidlangan. Ushbu maqolada maqom asarlarining tuzilichi va insonlarga ta’sir etuvchi ruhiy jihatlari, ularning estetik ta‘siri hamda Sharq musiqiy dunyosiga qo‘shayotgan hissasi keng yoritilgan. Shuningdek, maqom musiqasining yangi texnologiyalar yordamida rivojlanishi va yosh avlod orasida ommalashuvi masalalariga ham e‘tibor qaratilgan
References
Shokirov T. Monografiya. “O’zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda vorisiylik.ijtimoiy- falsafiy tahlil. (musiqiy meros misolida)”. -Fargona. Klassik.2023. b. 4.
Ikromov A. Maqomlar va ularning ijrochilik uslublari. –T.: Fan. 2005.128 bet.
Nizomova Z. O‘zbek musiqasi va uning nazariy asoslari. –T.: Yangi asr avlodi. 2010. 54 bet.
Karimov B. O‘zbek maqom san‘atining rivojlanish bosqichlari. –T.: Akademnashr. 2018.
Rajabov I. Maqomlar.- T.: San’at nashriyoti. 2006. B- 150
Copyright (c) 2025 News of the NUUz

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International License.