RAHBAR KADRLARNING STRATEGIK BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH

  • To‘lqinjon NASRULLAYEV Oliy ta‘lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tayanch doktoranti
Keywords: Strategik boshqaruv, kompetensiya, baholash, keys, sun’iy intellekt, OpenAI, mezonlar, masofaviy ta’lim, integratsiya, ta’lim turlari, innovatsion texnologiyalar, malaka oshirish.

Abstract

Ta’lim jarayonini takomillashtirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish muhim tendensiyaga aylanib bormoqda.
Xususan, oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining kasbiy malakasini oshirishda masofaviy ta’lim platformalarining samaradorligini
oshirish uchun innovatsion yondashuv zarur. Ushbu maqolada OpenAI texnologiyasi integratsiya qilingan interaktiv baholash tizimining
masofaviy ta’lim jarayonidagi roli o‘rganiladi. Tadqiqot doirasida mt.bimm.uz platformasi orqali ikki bosqichda malaka oshirish kurslari
tashkil etildi: birinchi bosqichda an’anaviy baholash tizimi – berilgan savollarga mos javoblarni tanlash, ikkinchi bosqichda esa, OpenAI
texnologiyasi integratsiya qilingan interaktiv baholash tizimi – kyes topshiriqlariga berilgan javoblarni avtomatlashtirilgan baholash
tizimi qo‘llanildi. Maqolada oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish kurslariga sun’iy intellekt texnologiyalarini
joriy etish jarayonlari, afzalliklari, tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar yoritilgan. Natijalar, ta’lim jarayoniga
innovatsion yondashuvni joriy etish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim vosita ekanligini tasdiqlaydi. Ushbu tadqiqot natijalari
malaka oshirish jarayonlariga SI texnologiyalarini yanada kengroq qo‘llash uchun ilmiy asos vazifasini o‘taydi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni: "Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida (PF-6079-sonli Farmon, 2020-yil 5-oktabr). https://www.lex.uz/uz/docs/-5030957
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-son qarori. https://lex.uz/docs/7014313.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori. https://lex.uz/pdfs/7158604.
4. Umarova, X. O. (2024). "Ta'lim tizimining strategik boshqaruv tizimi". "Ekonomika va Sotsium", №6(121), 2024. Manba URL: www.iupr.ru
5. Bo‘riyev, E. A. (2023). Masofaviy ta’lim platformalari uchun video kontentni yaratish. Retrieved from https://test.bimm.uz/lecturers/view/0b58192cfefcc6a3f6845ab0befc4219.
6. Zakirova, F. M. (2022). Masofaviy o‘qitish tizimini rivojlantirishdagi muammolar va yechimlar xususida tahliliy mulohazalar. Retrieved from https://cyberleninka.ru/article/n/masofaviy-itish-tizimini-rivozhlantirishdagi-muammolar-va-echimlar-hususida-ta-liliy-mulo-azalar.
7. Adashboyev, Sh. M. (2023). SMART texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Toshkent.
8. Fayziyeva, M. R. (2021). Ta’limda raqamli texnologiyalarning roli. Pedagogika va innovatsiya ilmiy jurnali, 5(4), 78-89.
Published
2025-03-15
How to Cite
To‘lqinjon NASRULLAYEV. (2025). RAHBAR KADRLARNING STRATEGIK BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH. News of the NUUz, 1(1.1), 144-146. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.1.6259