ZARQAYNAR INTRUZIVINING BIOTITLI GRANITLARI: TARKIBI, MA’DANDORLIGI VA HOSIL BO‘LISH SHAROITI (JANUBIY NUROTA)

Mualliflar

  • Xalbay ISHBAYEV O‘zbekiston Milliy universiteti professori, g.m.f.d., Uzbekistan
  • Anvar SHUKUROV O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, g.m.f.f.d(PhD), Uzbekistan
  • Sarvar QODIROV H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika inistituti tayanch doktoranti , Uzbekistan
  • Quatbay KOSBERGENOV H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika inistituti bo’lim boshlig’i , Uzbekistan

Zarqaynar intruzivi plitalar to‘qnashuvi (kolliziya) natijasida cho‘kindi-metamorfik jinslar hisobiga hosil bo‘lgan S-turdagi granitoidlardan (kvarsli diorit, granodiorit, biotitli granit va b.) tashkil topgan. Uning aksariyat qismi biotitli granitdan tashkil topgan. Intruzivni o‘rganish natijasida gabbro-diorit, diorit va kvarsli diorit tanalarining murakkab bloklari, granodiorit-adamellitlar, tonalitlar, qo‘sh slyudali granitlar va tomir jinslar ajratilgan. Oxirgisi sinintruziv (granit-aplit, aplit-pegmatit, pegmatit va b.) va mustaqil shimoliy nurota daykali majmuasiga mansub ohak-ishqorloi seriyali dioritli porfirit va spessartit daykalaridan iborat. Spessarti daykalari NEEga boyigan (950 g/t gacha). Zarqaynar intruzivi granitoidlari monsodiorit, monsonit, normal granitlar ketma-ket (gomodrom) qatorini hosil qiladi.