O‘ZBЕKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA MAKTAB TA’LIMI SOHASI HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN TADBIRLAR

Mualliflar

Mustaqillik yillarida barcha sohalar qatori maktab ta’limini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, maktablar faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy asos yaratildi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy o‘qitish usullarini joriy qilish choralari ko‘rildi. Bunday tadbirlar 2016 yildan e’tiboran yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, amaldagi normativhuquqiy hujjatlar zamon talablari darajasida takomillashtirildi, ayrim sohalar bo‘yicha yangi qabul qilindi. Bu esa, maktab ta’limini rivojlantirish ishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu maqolada O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida maktab ta’limi sohasi huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan tadbirlar va ularning natijalari tahlil qilingan.