INKLYUZIV TALIM SHAROITIDA TALABALARGA ADABIYOT DARSINI MODELLASHTIRISH

Mualliflar

  • Mamlakat LATIPOVA O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy Kommunikatsiyalar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, Uzbekistan

Mazkur maqolada inkluziv ta'lim sharoitida talabalarga adabiyot darsini modellashtirishning ahamiyati va usullari muhokama qilinadi.Adabiyotga kirish darslarida nutqiy va estetik imkoniyatlardan samarali foydalanish, barcha talabalarni o‘quv jarayoniga qo‘shish vaularning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur strategiyalar va metodlar ko‘rsatib o‘tiladi. O‘qituvchining aniq, obrazli va ta’sirli nutqi, shuningdek, nutqni shakllantirish mexanizmlarini bilish, darsning boshida keyingi nutq faoliyati uchun motivatsiya yaratish imkonini beradi. Talabalar uchun badiiy va kognitiv faollikni oshiruvchi interaktiv metodlar, jumladan, kichik guruhli ishlash, jamoaviy muhokamalar va turli texnologik resurslardan foydalanish orqali muvaffaqiyatli muloqot va o‘quv jarayonini ta'minlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Inkluziv ta'limda adabiyot darslarini modellashtirish, barcha talabalar uchun teng ta'lim imkoniyatlarini yaratish va ularning qiziqishini oshirishga yordam beradi