SOTSIOLINGVISTIK YONDASHUVNING NOFILOLGIK YO‘NALISH TALABALARINING O‘QISH KO‘NIKMASINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI O‘RNI

Mualliflar

Nofilologik yo‘nalish talabalariga xorijiy chet tilini o‘qitishdan asosiy maqsad ularning bilim doirasini kengaytirish, o‘z sohalarida yetuk kadr bo‘lib yetishishi va zarurat bo‘lganda o‘sha til vakillari bilan til birliklarini to‘g‘ri qo‘llagan holda muloqotga kirishishidir. O‘qish ko‘nikmasi nutq faoliyati turida sifatida talabalarning kasbiy , madaniy, ijtimoiy-siyosiy sohalarda bilimlarini oshiruvchi asossiy vositadir. O‘qib tushunish ko ‘nikmasini takomillashtirish ularning nafaqat kasbiy balki ilmiy jihatdan ham bilim darajalarini oshiradi; bunda biz sotsiolingvistik yondashuvni samarali ekanligini isbotlashga harakat qilamiz shu sohada o‘z tadqiqotlarini olib borgan olimlarning ishlariga tayangan holda.