XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON GENERAL-GUBERNATORI N.A. IVANOVNING O‘LKA BOSHQARUV SIYOSATIDAGI FAOLIYATI VA MADANIY JARAYONLARDAGI ISHTIROKI (1901–1904-YILLAR)

Mualliflar

  • Muxlisa KAMOLOVA O‘zMU, Tarix fakulteti, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi tayanch doktoranti, Uzbekistan

Ushbu maqolada 1901–1904-yillarda Turkiston general-gubernatori va Turkiston harbiy okrugi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Nikolay Aleksandrovich Ivanovning harbiy-ma’muriy faoliyatining boshlanishi va qanday qilib Turkiston general-gubernatori lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgani, Turkiston oliy hokimiyati boshlig‘i bo‘lgan davrda amalga oshirgan islohotlari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, maqolada XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatori N.A.Ivanovning o‘lkada madaniy sohada amalga oshirgan islohotlari, mahalliy xalq ta’lim tizimi ahvoli xususida to‘xtalib o‘tilgan.