MUSTAQILLIK YILLARIDA SAMARQAND VILOYATIDA XUSUSIY KLINIKALAR FAOLIYATI

Mualliflar

  • Shirin NIYAZOVA O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti magistratranti, Uzbekistan

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, barcha sohalar qatori tibbiyotning xususiy sektorini rivojlantirish ishlari olib borildi. Turli xususiy tibbiyot muassasalari nafaqat poytaxtda, balki viloyat markazlarida ham o‘z faoliyatini boshladi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning chekka hududlarida tibbiyotning xususiy sektori rivojiga yordam berdi. 2016 yildan e’tiboran bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu davrda barcha hududlarda bo‘lgani kabi Samarqand viloyatida ham xususiy tibbiyot
muassasalari o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu maqolada mustaqiqillik yillarida Samarqand viloyatida ish boshlagan xususiy klinikalar faoliyati haqida ma’lumot berilgan.