SAUDIYA ARABISTONI MILLIY IDENTIKLIGINING DINIY PARADIGMASI

Mualliflar

  • Azizjon RIZAYEV Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tadqiqotchisi , Uzbekistan

Maqolada Saudiya Arabistonida milliy identiklikni mustahkamlash maqsadida islom diniga asoslangan milliylikni o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlar ochib berilgan. Arab dunyosida milliylik va diniy mafkuraning rivojlanishi, shuningdek, ularning o‘zaro bog‘liqligi va mintaqadagi vaziyatga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad bin Salmon tomonidan mamlakatda milliy identiklikni mustahkamlash va konservativ tendensiyalarni susaytirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar atroflicha ochib berilgan. Saudiya Arabistonining hozirgi siyosatidagi islomizmning diniy, milliy va global jihatlari uyg‘unlashuvi ko‘rsatib berilgan.