YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLIY NIKOH MAROSIMLARINI AXLOQIY-ESTETIK QADRIYATGA AYLANTIRISH VAZIFALARI

Mualliflar

  • Ro‘zi KOMILOV Samarqand davlat chet tillar instituti professori, DSc , Uzbekistan

Nikoh marosimlari oila qurishga yo‘l va ungacha bo‘lgan xursandchilik belgisi to‘y sanaladi. O‘zbek nikoh marosimlari to‘y bilan chambarchas bog‘liq. Unda zamonaviylik va an’anaviylik uyg‘un holda madaniyatning rivojlanishiga ta’sir o‘zkazmoqda. Qadimda nikoh marosimlarida to‘y marosimidan ko‘ra, uning axloqiy, etnopsixologik omillari ustuvorligi kuzatilgan. Nikoh marosimlari tarixiy davrlar almashinuvi natijasida turli zamonaviy ko‘rinishlarni qabul qilib, to‘y marosimlarida esa majburan yoki ixtiyoriy tarzda turli milliy qadariyatlar, yot odatlar kiritib borilgan. Nikoh marosimlari etnoestetik, etnopsixologik ahamiyat kasb etib, undan keyingi to‘y marosimlari zamonaviy unsurlar bilan boyib boraveradi. Demak, nikohning o‘zbek xalqi marosimlariga xos qadriyatlarining mohiyatini anglab yetib, uni asrab qolishimiz lozim.