BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI NUTQIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Mualliflar

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matn ustida ishlash orqali nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Matn ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, tahlil qilish va izohlash qobiliyatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola boshlang‘ich ta’limda nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va metodik yondashuvlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan.