XIX ASRNING OXIRI – XX ASR BOSHIDA TURKISTON O‘LKASIDA OVCHILIK MASALALARINING YORITILISHI

Mualliflar

Maqolada XIX asrning oxiri – XX asr boshida Turkiston o‘lkasida ov va ovchilik masalalari hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan tartib-qoidalar O‘zbekiston Milliy arxivi hujjatlari asosida tadqiq etilgan. O‘lkada ov qilish tartibini joriy etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va loyihalar ilmiy iste’molga kiritilgan. Shuningdek, maqolada o‘lkada amalga oshirilgan ov jarayonlari oqibatida ko‘plab hayvonot va qushlarning turlari yo‘qolish xavfi ostida qolganligi, bu holat esa mintaqa ekotizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi yoritilgan.