INTERNET TOBELIGIGA MOYIL O‘SPIRINLAR ORASIDA HISSIY INTELLEKTNING YOSH VA JINS XUSUSIYATLARI

Mualliflar

Hozirgi uchinchi mingyillikda axborot texnologiyalarining rivoji soniya sayin tezlashib bormoqda. Insonlarning shaxslararo muloqot shakli ham ushbu harakatlarga mutanosib ravishda shiddatli kechmoqda. Real dunyodagi insonlar tuyg’usini tushunish, ifodalarini nazorat qilish imkoniyati kamayishi, kiberaddiksiya, virtual muhit madaniyatini qabul qilish kabi salbiy jihatlar orttirib olmoqda, natijada hissiy intellekti pasaymoqda. Ushbu ishimizda Internetga qaramlik xatti-harakatlariga moyil bo‘lgan o‘spirinlarning ikki guruhga eksperiment (Internetga qaramlikka moyil) va nazorat (Internetga qaram bo‘lmagan) guruhlarning hissiy intellekt xususiyatlari hamda shaxs xususiyatlariga bog’liq o‘rganiladi.