TEXNIKA YO‘NALISHIDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUHANDIS KADRLARNI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK TAMOYILLAR

Mualliflar

Mazkur maqolada texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida muhandis kadrlar tayyorlashning ahamiyati, maqsadi, talabalarni kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, hamda muhandis kadrlar tayyorlashda pedagogik tamoyillarning o‘rni haqida batafsil yoritib berilgan. Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida muhandis kadrlarni tayyorlashda pedagogik tamoyillardan uzviy foydalanish tizimini ishlab chiqish zarurati haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan. Pedagogik texnologiyaning tamoyillarida pedagogik va texnologik fanlarning yutuqlari qamrab olingan. «Pedagogik texnologiya» fani ko‘rinishidagi mazkur tamoyillar majmuasi aniqligi, isbot talab etmasligi, amaliyligi tufayli, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda samarali natijalarni beradi.