INGLIZ TILIDA FE’LNI FE’LGA BOG‘LOVCHI VOSITA SIFATIDA INFINITIVE VA GERUNDIYNING O‘RGANILISHI

Mualliflar

Ingliz tilida ikki fe’l o‘zaro birikishi uchun ulardan biri muayyan shaklda bo‘lishi talab etiladi. Chunki fe’l boshqa so‘zlarni o‘z atrofida uyushtirishga xoslangan turkum hisoblanadi. Fe’l+fe’l birikuvida tobe maqomdagi fe’l shunday xususiyatga ega turkumlarga yaqinlashadi. Ammo bunday so‘zlarda fe’l turkumiga xos xususiyatlar ham saqlanib qoladi. Ingliz tilida fe’lning bunday shakllari o‘rganilishi uzoq tarixga ega.