FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING TARJIMA MUAMMOLARI

Mualliflar

Turg’un birikmalar hisoblanadigan frazeologizmlar har bir tilni bo’yoqdorligini oshirib, o’sha tilni sermazmun qilishga xizmat qiladi. Bunday birikmalarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish har doim qiyinchiliklar bilan kechadi. Buning uchun mutarjimalardan ikki tilni mukammal bilish talab etiladi. Frazeologizmlar muhim birliklar hisoblanar ekan, ularning tarjima muammolari tarjimashunoslik va tilshunoslik aspektida doimo dolzarblik kasb etadi. Ushbu tadqiqotimizning maqsadi frazeologizmlarning xususiyatlari va ularning nemis tilidan o’zbek tiliga tarjima muammolari tahlil qilishdir. Buning uchun oldimizga quyidagicha vazifalarni qo’ydik: 1)Frazeologizmlarning umumiy xususiyatlari tavsiflash; 2) nemis tilidan o’zbek tiliga frazeologizmlarning tarjima muammolarini tahlil qilish. Ushbu tadqiqotimizda tavsifiy va qiyosiy tahlil metodlari orqali o’rganilayotgan mavzu tahlil qilinadi.