O‘ZBEKCHA RASMIY HUJJATLAR MATNIDA GIBRID QO‘SHMA SO‘ZLARDAGI LOTINCHA VA YUNONCHA TERMINELEMENTLAR

Mualliflar

Maqola hozirgi o‘zbek tiliga o‘zlashgan qator gibrid qo‘shma so‘zlar tahliliga asoslangan. Mustaqilligimizdan keyingi yillarda, tilimizga ko‘plab xorijiy terminelementlar o‘zlashgan va ular orqali yasalgan gibrid qo‘shma so‘zlarning shakli va ma’nolari o‘rganilmagan. Shu sababli, mazkur tadqiqot maqsadi qilib, rasmiy hujjatlar matnida uchrovchi gibrid qo‘shma so‘zlarning leksik-semantik xususiyatlarini o‘rganish belgilab olingan. Maqola davomida quyidagi vazifalar bajarilgan: lotincha va yunoncha elementlarning yuklovchi ma’nolariga ko‘ra ajratib olish; o‘zbek tilidagi gibrid so‘zlar yasalashi; gibrid so‘zlarni kalkalash; lotincha va grekcha elementli so‘zlarning semantikstruktur o‘zgarishlarini aniqlash kiradi. Mazkur tadqiqotni olib borishda tavsifiy tahlil va komponent tahlil metodlariga asoslanilgan