SUD NUTQINING TADQIQIGA DOIR

Mualliflar

Sud faoliyatini har tomonlama yuksaltirishga doir izlanishlar nafaqat huquqshunoslarning, balki tilshunoslarning ham oldiga dolzarb vazifalar qo‘ymoqdaki, buning barobarida sud lingvistikasini alohida soha sifatida rivojlantirish, yuridik faoliyatda nutqiy kompetentlikka erishish, nutqning tushunarli va ravon holda yuridik til talablariga monand bo‘lishini ta’minlash dolzarbdir. Shu ma’noda maqolada sud nutqiga doir qarashlar, xususan, sud protsessi hamda sud majlisi jarayonlarini alohida nutqiy sharoitlar sifatida farqlashning zarurati asoslanib, sud nutqining tarkibini aniqlash hamda faol va nofaol nutqlar tasnifi yuzasidan mavjud tadqiqotlar sharxi va ularga munosabatlar bayon etiladi.