EFL SINFLARIDA FONOLOGIK INTERFERENSIYA VA UNING OMILLARINI BARTARAF ETISHDAGI INNOVATSION YONDASHUVLAR

Mualliflar

Fonologik interferensiya masalasi hozirda ingliz tilini chet til sifatida o‘qitishda noto‘g‘ri talaffuz qilish muammosini yuzaga keltiradigan asosiy sabablardan biri hisoblanmoqda. Natijada, har qanday EFL o‘qituvchisi duch keladigan qiyin vazifa ushbu muammoni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlash va bunga qarshi samarali yondashuvlarni topishdir. Masalaga kengroq yondashish uchun sifat-qiyoslash metodidan foydalanildi va ingliz tili tovushlarini talaffuz qilishda fonologik xatolarga olib keladigan sabablar hamda unga qarshi to‘g‘ri yondashuvlarni aniqlash uchun EFL talabalari o‘rtasida suhbat olib borildi. Suhbat natijalarining tahlili orqali fonetik interferensiyani keltirib chiqaradigan bir nechta omillar mavjudligi aniqlandi: o‘rganuvchi yoshi, motivatsiyasi, o‘rganish qobiliyati, tildan foydalanish miqdori. Bundan tashqari, natijalar an'anaviy yondashuvlardan ko‘ra amaliy metodlardan foydalanish afzalligini ko‘rsatadi.