ZAMONAVIY MUZEYSHUNOSLIKNING BUGUNGI KUNDAGI DOLZARB MUAMMOLARI

Mualliflar

Mazkur maqolada O‘zbekiston muzeylarining tashkil topgan dastlabki davridan bugungi kunga qadar bosib o‘tgan yo‘lini chuqur tahlil etmasdan, zaruriy xulosalarni chiqarmasdan turib, ularni eskilik qolipidan chiqarib, yangi taraqqiyot yo‘liga tushib olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirish mumkin emas. Ushbu muammolarni O‘zbekistondagi muzeylar misolida tahlil qilish, muzeylarning har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzimda tutgan o‘rnini aniqlash va faoliyatiga tanqidiy baho berish orqali zaruriy xulosalarni olish zamonaviy muzey ishi taraqqiyotini nazariy jihatdan anglashga xizmat qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar arxiv materiallari va tarixiy adabiyotlarga asoslangan holda bayon etilgan. Bugungi jamiyat taraqqiyotida davrning o‘ta murakkabligi, uning ijtimoiy muammolarining salmog‘i juda kattaligi yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlab borishning optimal variantlarini qidirish, ijtimoiy tarbiyaning samaradorligini oshirish dolzarbligini ko‘rsatishi kabi masalalar maqolada o‘z aksini topgan