XOJA AHMAD YASSAVIYNING BARKAMOL INSON HAQIDAGI G‘OYALARI TAHLILI

Mualliflar

  • Guli ISAEVA Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi dotsenti, Uzbekistan

Mazkur maqolada Xoja Ahmad Yassaviyning ijodi, ayniqsa hikmatlarini ta’lim-tarbiyaviy jihatlari tahlil qilingan. Xoja Ahmad Yassaviy komillikning asosini, ilmda, aqliy poklikda deb bilgan va bu bilan u xalq orasida katta shuhrat qozonganligi va o‘zini o‘zgalardan ustun qo‘ymaysligi, valiyman deb, kibru havoga berilmaganligi, aksincha, o‘ziga tanqidiy nazar bilan qarab, o‘zini va o‘zgalarni bilimdonlikka, kamtarlikka chaqirganligi bugungi kun yoshlari uchun ham ibrat namuna ekanligi yoritilgan. Xoja Ahmad Yassaviy so‘fiylik ta’limotining aksariyat qismi imon-e’tiqod tarbiyasiga bag’ishlangandir. Unda 40 ta maqom ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan 10 ta
maqomi logut, ya’ni ma’rifat va ilm olishga qaratilgan. Bunda asosan, inson aqliy jihatdan tarbiyalanishi asoslanadi. Shu nuqtai nazardan buyuk alloma ma’rifat ma’qomida ilm, insonda aql va tafakkur shakillanishining poydevori ekanligini ko‘rsatadi hamda bu maqom insonning axloqiy shakillanishini ham o‘z ichiga qamrab oladi, deb tushuntiradi. Shuningdek, u aqliy tarbiya va axloqiy shakillanish jarayonlarini o‘zaro uzviy bog’liqlikda ham asoslab bera olgan