DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI IJTIMOIY INSTITUT SIFATIDA: SOTSIOLOGIK TAHLIL

Mualliflar

Ushbu maqola davlat fuqarolik xizmatining ijtimoiy institut sifatidagi jihatlariga e’tibor qaratilgan. Xususan, davlat xizmatining boshqa institutlar bilan chambarchas bog‘liqligi, tarixiy shakllanganligi, tashkiliy-madaniy an’nalari, ijtimoiy munosabatlarning ajralmas qismi ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ijtimoiy institut tushunchasi nazariy-metodologik jihatdan o‘rganilib, xorijiy sotsiolog olimlarning bu boradagi yondashuvlari tahlil qilingan. Ushbu ijtimoiy institutning murakkab fenomen sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari, tabiati,
maqsadi, funksiyalari, qadriyatlari, institutsional rivojlantirish masalalari yoritilgan. Davlat xizmatini takomillashtirish muammosi sohalar kesimida o‘rganilib, alohida ijtimoiy institut sifatidagi mezonlari, uning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy jihatlari ochib berilgan