O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA “ADOLAT” KONSEPTINING LINGVISTIK VA KULTUROLOGIK O’LCHOVLARINI O’RGANISH

Mualliflar

Inson til orqali olamni bilish, anglash jarayonida uni tartibga solish, obyektiv borliq hodisalarini nomlashga intiladi. U o‘zini qurshab turgan olam uzvlarini sezgi organlari yordamida his qiladi, boshqalarga solishtiradi, farqli va o‘xshash belgilarini aniqlaydi, so‘ngra muayyan xulosaga keladi. Shu tariqa olam haqida til egalarining bilimlari to‘planadi, insonni o‘rab turgan olamning tasviri, qiyofasi yaratiladi. Bunda turli fan sohalari bo‘yicha yetuk mutaxassislar, olimlar tinimsiz izlanishlar olib boradilar, tajriba-sinovlar o‘tkazadilar va shu asosda voqelikning umumiy xususiyatlari hamda qonuniyatlari haqida o‘zlarining yaxlit g‘oyalar tizimini yaratadilar. So‘nggi yillarda ushbu tizimga nisbatan “olam manzarasi” degan termin qo‘llana boshladi.
Mazkur tushuncha qisqa muddatda turli sohalar − falsafa, kognitologiya, psixologiya, tilshunoslik, madaniyatshunoslik va boshqa sohalarning terminiga aylanib, turli aspektlarda son-sanoqsiz tadqiqotlar bajarildi.