Tabiiy fanlar

MENTOL ASOSIDAGI AMINOKISLOTA MURAKKAB EFIRLARINING SINTEZI VA STRUKTURAVIY XOSSALARINI TADQIQ ETISH

terpenoid, mentol, aminokislotalar, efirlar, IQ, PMR spektroskopiya, YuSSX, refraktometrik detektor, spektral tahlil;

Mualliflar

So‘nggi yillarda mentolning turli hosilalari farmatsevtika, oziq-ovqat va agroximiyada keng o‘rganilgan bo‘lsa-da, aminokislotalar bilan murakkab efirlar sinteziga oid ma’lumotlar cheklangan. Xususan, mentol-aminokislota hosilalarining strukturaviy xususiyatlari va ularning biologik faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlik yetarlicha tadqiq qilinmagan. Shu sababli, ushbu ishning yangiligi shundaki, biz ilk bor mentolning glitsin, alanin, leysin va gistidin bilan murakkab efirlarini sintez qilib, ularning fizik-kimyoviy xossalari va spektral ko‘rsatkichlarini chuqur o‘rgandik. Olingan birikmalarning fizik-kimyoviy xossalari aniqlanib, ularning tozalik darajasi refraktometrik detektorli yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) usulida identifikatsiya qilindi, kimyoviy tuzilishi Infraqizil (IQ) spektroskopiya, va proton magnit rezonans (PMR) hamda mass-spektrometriya (MS) usullari asosida tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida murakkab efirlarning funksional guruhlari, molekulyar massalari va umumiy strukturaviy xususiyatlari aniqlandi va tahlil qilindi.