RAHBAR KADRLARNING STRATEGIK BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH

Strategik boshqaruv, kompetensiya, baholash, keys, sun’iy intellekt, OpenAI, mezonlar, masofaviy ta’lim, integratsiya, ta’lim turlari, innovatsion texnologiyalar, malaka oshirish.

Authors

  • To‘lqinjon NASRULLAYEV Oliy ta‘lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Ta’lim jarayonini takomillashtirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish muhim tendensiyaga aylanib bormoqda.
Xususan, oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining kasbiy malakasini oshirishda masofaviy ta’lim platformalarining samaradorligini
oshirish uchun innovatsion yondashuv zarur. Ushbu maqolada OpenAI texnologiyasi integratsiya qilingan interaktiv baholash tizimining
masofaviy ta’lim jarayonidagi roli o‘rganiladi. Tadqiqot doirasida mt.bimm.uz platformasi orqali ikki bosqichda malaka oshirish kurslari
tashkil etildi: birinchi bosqichda an’anaviy baholash tizimi – berilgan savollarga mos javoblarni tanlash, ikkinchi bosqichda esa, OpenAI
texnologiyasi integratsiya qilingan interaktiv baholash tizimi – kyes topshiriqlariga berilgan javoblarni avtomatlashtirilgan baholash
tizimi qo‘llanildi. Maqolada oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish kurslariga sun’iy intellekt texnologiyalarini
joriy etish jarayonlari, afzalliklari, tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar yoritilgan. Natijalar, ta’lim jarayoniga
innovatsion yondashuvni joriy etish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim vosita ekanligini tasdiqlaydi. Ushbu tadqiqot natijalari
malaka oshirish jarayonlariga SI texnologiyalarini yanada kengroq qo‘llash uchun ilmiy asos vazifasini o‘taydi.