KREDIT-MODUL TIZIMI SHAROITIDA GEOGRAFIYA TA’LIMIDAGI O‘QUV JARAYONLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHNING HOZIRGI KUNDAGI HOLATI VA ISTIQBOLLARI

Geografiya ta’limi, kredit-modul tizimi, mustaqil ta’lim, pedagogik texnologiyalar, o‘qituvchi malakasi, xalqaro ta’lim tajribalari, o‘quv jarayoni, ta’lim samaradorligi, ta’lim resurslari, o‘quv materiallari

Authors

  • Oybek ABDIMUROTOV Chirchiq davlat pedagogika universiteti kafedra mudiri, dotsent, Uzbekistan

Ushbu maqola, geografiya ta’limida kredit-modul tizimining joriy etilishi va uning o‘quv jarayonidagi samaradorligini oshirishga
bo‘lgan ta’sirini tahlil etadi. Kredit-modul tizimi talabalarga ta’lim dasturlarini mustaqil ravishda shakllantirish, o‘qituvchilarga esa
zamonaviy pedagogik metodlarni qo‘llash imkonini yaratadi. Maqolada, shuningdek, geografiya o‘qituvchilari uchun yangi ta’lim
texnologiyalari va pedagogik yondashuvlarni o‘rgatish, xalqaro ta’lim tizimlaridan foydalangan holda o‘quv jarayonini yanada samarali
qilish, va tizimni joriy etishda duch kelinayotgan to‘siqlar va ularni bartaraf etish usullari ko‘rib chiqilgan. Maqola, geografiya
o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash va mustaqil ta’limni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi