ПОВЕРХНОСТНЫЙ И ГЛУБИННЫЙ ПОДХОДЫ К ИЗУЧЕНИЮ И ПРЕПОДАВАНИЮ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА В ВУЗЕ

Поверхностный подход, глубокий подход, обучение, преподавание, английский язык, высшее образование.

Авторы

Загрузки

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘rganish va o‘qitishga yuzaki va chuqur yondashuvlar haqida so‘z boradi. Yuzaki ta’limda talabalar tashqi maqsadlarga, masalan, ma’lum bir baho yoki mukofot olish, qoniqish yoki boshqa birovni hayratda qoldirish kabi maqsadlarga ye’tibor qaratadilar. Bu talabalar faqat kerakli narsani qilishga moyil bo‘lib, materialni tushunish va o‘zlashtirishdan ko‘ra ko‘proq o‘rganganlarini takrorlashga ye’tibor berishadi. Chuqur o‘rganish yondashuvi o‘rganilayotgan narsaning ma’nosiga qaratilgan. Bu konsentratsiya materialni umumiy bilimlar, kundalik tajriba va boshqa sohalar yoki kurslar bilimlari bilan taqqoslashni o‘z ichiga olishi mumkin. Chuqur yondashuvdan foydalanadigan talaba axborotni tartibga solish tamoyillarini izlaydi. Ushbu maqolada ikkala yondashuvning nazariy asoslari, ularning amaliy qo‘llanilishi, qarama-qarshiliklari va cheklovlari muhokama qilinadi. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’limda ingliz tilini samarali o‘qitish va o‘rganish har ikkala yondashuvning kombinatsiyasini talab qiladi.