Tabiiy fanlar

Co(II) NING BENZIMIDAZOL HOSILASI BILAN KOORDINATSION BIRIKMASINING SINTEZI VA TADQIQOTI

1H-benzimidazol-2-karbon kislota, Co(II), sintez, kompleks birikma, IQ-spektroskopiya, termogravimetriya.

Mualliflar

Ilk bor ligand 1H-benzimidazol-2-karbon kislota (1H-BIZ) bilan Co(II) ionlarining koordinatsion birikmasi sintez qilindi. va tavsiflandi. Sintez qilingan kompleks birikmaning tuzilishi element, IQ-, Raman-spektroskopiya, differentsial-termik (DTA) tahlillari orqali o‘rganildi. Kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarining kompleks hosil qiluvchining tabiatiga va ligandlarni koordinatsiyalash usullariga bog'liqligi aniqlandi.