Ijtimoiy-gumanitar fanlar

GAZ VA UNI QAYTA ISHLASH SANOATI TERMINLARINING INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI

gaz sanoati, lingvokulturologiya, tarjima, texnik terminologiya, metafora, madaniy konnotatsiya, konseptual tafovut, standartlashtirish.

Mualliflar

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida gaz va uni qayta ishlash sanoatiga oid terminlarning lingvokulturologik xususiyatlari
chuqur tahlil qilinadi. Terminlar faqat texnik tushuncha sifatida emas, balki har bir tilning madaniy tafakkuri, tarixiy tajribasi va
konseptual dunyoqarashining mahsuli sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada terminlarning semantik asoslari, madaniy
konnotatsiyalari, metaforik asoslari hamda tarjimadagi semantik transformatsiyalari aniqlanadi. Ingliz tilidagi atamalarning
aksariyati texnologik metaforalar bilan boyitilgan bo‘lsa, o‘zbek tilidagi muqobillari ko‘proq deskriptiv, ba’zida esa rus tili orqali
o‘zlashgan shaklda namoyon bo‘ladi. Maqola yakunida terminologik uyg‘unlikka erishish va tarjimada madaniy tafovutlarni
hisobga olish zarurligi asoslanadi. Bu holat sanoat tilining standartlashtirilishi va texnik tarjima sohasida amaliy ahamiyatga ega
yondashuvlarni ishlab chiqishga zamin yaratadi